8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Har bir xalqning tarixida uning taqdirini belgilab beradigan muhim hujjatlar bo‘ladi. O‘zbekiston xalqi uchun bunday hujjat bu Konstitutsiyadir. Zero, Konstitutsiya nafaqat davlatning Bosh qonuni, balki butun jamiyatning ma’naviy poydevori, inson qadri va huquqlarining ishonchli kafolati sifatida e’tirof etiladi.
Bugun Konstitutsiyamiz¬ning har bir bandi, normasi xalq farovonligi, adolat, erkinlik va tenglik uchun xizmat qilmoqda. U bizni birlashtiradi, yo‘l ko‘rsatadi, ertangi kunga ishonch bag‘ishlaydi. Shuning uchun ham Konstitutsiyani chuqur anglash, unga hurmat bilan qarash va uning ustuvorligini hayotimizda mustahkamlash har birimizning fuqarolik burchimiz.
Xalq yaratgan Konstitutsiya – xalqning eng buyuk yutug‘i. Uni asrash, rivojlantirish va hayotga tatbiq etish esa kelajakka bo‘lgan mas’uliyatimizdir. Chunki xalq irodasidan kuch olgan qonun adolatli jamiyatning eng mustahkam tayanchi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











