Bahor faslida bolalarni diareyadan saqlash uchun nima qilishimiz kerak?

✅ Bolalar har doim ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak. Chunki ko‘pchilik ichak infeksiyalari aynan kir qo‘llar orqali yuqadi.
✅ Toza va xavfsiz ichimlik suvini iste'mol qilish maqsadga muvofiq. Bahorda suv manbalarining ifloslanishi oshadi. Shuning uchun faqat qaynatilgan yoki filtrlangan suv ichish tavsiya etiladi.
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib, so'ng iste'mol qilish lozim. Bahorda bozorga yangi meva-sabzavotlar chiqadi. Ularni ishlatishdan oldin yaxshilab yuvish yoki qaynoq suv bilan chayish kerak.
✅ Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash qoidalariga amal qilish kerak. Isib ketgan havo taomlarning tez buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tayyor taomlarni muzlatkichda saqlash va uzoq vaqt ochiq havoda qoldirmaslik muhim.
✅ Ko‘chadan sotib olingan taomlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Ko‘chada, ayniqsa sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda tayyorlangan ovqatlar ichak infeksiyalariga sabab bo‘lishi mumkin.
✅ Bolani issiq ob-havoga mos kiyintirish lozim. Yozga yaqin ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sovqotish yoki haddan tashqari terlash ichak infeksiyalarining rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.
✅ Agar uyda kimdir diareya yoki boshqa ichak kasalligiga chalingan bo‘lsa, bolani undan uzoqroq tutish va umumiy buyumlardan foydalanmaslik muhim.
🧑⚕️Agar bolada diareya kuzatilsa, uni darhol shifokorga olib borish va suvsizlanishning oldini olish uchun ko‘proq suyuqlik ichirish lozim. Farzandingiz sog‘lig‘i o‘z qo‘lingizda!
Sog‘lom va xavfsiz bahoriy kunlarni o‘tkazing!
Sanepidqo'mita GURLAN TUMANI BO‘LIMI
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro Mamajonov Asadbek Virusli Gepatit A kasalligi bilan kasallanganligi munosabati bilan xonadonida dizenfeksiya ishlari otkazildi8-01-2025, 10:41
GRIPP PROFILAKTIKASI!2-11-2024, 10:51
Bozorda sifati kafolatlangan oziq-ovqat maxsulotlari sotilmoqda.28-10-2024, 13:42
Bayram ko‘tarinki ruxda o‘tadi20-12-2024, 12:14
Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldi olinmoqda!12-12-2024, 13:28