Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Mavsumiy kasalliklarga qarshi birgalikda kurashamiz!

Mavsumiy kasalliklarga qarshi birgalikda kurashamiz!

26-10-2026, 14:54
33
Ob-havo o‘zgarishi bilan tumov, gripp va shamollash kabi mavsumiy kasalliklar ko‘p uchray boshlaydi. Salomatligingizni asrash va immunitetni mustahkamlash uchun quyidagi oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qiling:
* 🍋 Vitaminlarga boy oziq-ovqatlar: Ratsioningizga limon, zanjabil, sarimsoq, mavsumiy mevalar va ko‘katlarni ko‘proq qo‘shing.
* 💧 Yetarli miqdorda suv iching: Kun davomida iliq suv yoki o‘simlik choylarini (na’matak,moychechak) ichish organizmni tozalashga yordam beradi.
* 🏃‍♂️ Faol harakat va toza havo: Imkon qadar ochiq havoda sayr qiling va jismoniy faollikni unutmang.
* 😴 Sifatli uyqu: Kuniga kamida 7–8 soat uxlash immunitetning tiklanishi uchun eng asosiy omildir.
* 🧼 Gigiyena qoidalari: Qo‘llaringizni tez-tez sovunlab yuving va xonalarni muntazam shamollatib turing.
⚠️ Unutmantang: Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan osonroq!
O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! 💚
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.