Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Ishlar tizimli tashkil qilindi.

Ishlar tizimli tashkil qilindi.

9-02-2026, 10:25
26
Ma’lumki 2 fevraldan 14-fevralgacha mamlakatimizda “Qizamiqqa qarshi ommaviy immunizatsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda. Haftalikni muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. Vaksinalar sovuqlik zanjiriga to‘liq rioya qilgan holda maxsus transportda olib kelindi va emlash joyigacha taqsim qilindi. Emlash  ishlarini o‘tkazuvchi barcha xodimlar tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
Poliklinikalarda 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 1 yoshdan 7 yoshgacha emlanmagan yoki faqat bir marta emlangan bolalar va 30 yoshgacha bo‘lgan katta yoshdagilar ro‘yxati tuzilib emlash rejasiga kiritildi. Emlash punktlarida bolalarni sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda xavfsiz emlash uchun barcha sharoit yaratildi. Bolalarni shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib sog‘lomligiga ishonch hosil qilinganidan keyin emlash o‘tkazilmoqda. Qilingan emlashlar hisob shakllariga o‘z vaqtida qayd qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.