Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Zaxarli Qo‘ziqorinlardan extiyot bo‘ling

Zaxarli Qo‘ziqorinlardan extiyot bo‘ling

24-03-2025, 09:16
22


Qo‘zikorinlar Respublikamizning barcha tumanlarida o‘sadi. Ular ko‘pincha o‘rmonlarda, tog‘li joylarda, dalalarda ayniqsa yomg‘ir yog‘gandan keyin ko‘p o‘sib chiqadi. Ikki turdagi ko‘ziqorinlar bo‘ladi:

 Istemol qiladigan va zaxarli turlari bo‘ladi. Qo‘ziqorinlarning oq pag‘onka, muxomor hamda strochki deb ataladigan zaxarli turlari ayniqsa baxor va kuz oylarining seryog‘in kunlarida tez-tez uchraydi.    Zaxarli qo‘ziqorinlarni tashqi qo‘rinishidan ajratish juda kiyin, qo‘ziqorinlarni bilar-bilmas terib iste’mol qilish natijasida axoli o‘rtasida zaxarlanish xollari sodir bo‘lmoqda. Zaxarli qo‘ziqorinlarni iste’mol qilgan odam 3-4 soat o‘tgach, ayrim xollarda esa 9-11 soatdan keyin kungli ayniydi, sayd qiladi, ichi surib, qorin bo‘shlig’ida qattiq og‘riq bo‘ladi, bu esa zaxarlanishning dastlabki belgilari hisoblanadi. Agar shu paytda darxol birinchi tibbiyot yordam ko‘rsatilmasa bemor axvoli soat sayin og‘irlashib boradi. Ayniqsa nerv sistemasi o‘tkir jaroxatlanadi, bemor alaxsiraydi, ko‘z qorachigi kengayadi, titraydi, ko‘l-oyos mushaklari tortishadi, turli falajlar sodir bo‘ladi va hushidan ketadi.

         Muxomor degan qo‘ziqorin bilan zaxarlanganda esa bemor sarg‘ayib ketadi, qon aralash siydik paydo bo‘ladi va natijada o‘tkir kamqonlik ro‘y beradi. Zaxarlanishning og‘ir turlari bemorning o‘limga olib kelishi mumkin.

         Qo‘ziqorinlardan zaxarlanmaslik uchun ularni ajrata bilmasdan terishga yo’l qo‘ymaslik kerak.

         Uy sharoitida tayyorlangan, konservalangan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish xavfli xisoblanadi.

         Bozorlardan faqat sifati kafolatlangan, iste’molga yaroqli bo‘lgan qo‘ziqorinlarni sotib olish tavsiya kilinadi.

         Agar qo‘ziqorindan pishirilgan taomni iste’mol kilgan odamda yuqoridagi zaxarlanish holatlari paydo bo‘lsa darxol vrach mutaxassisiga uchrashish zarur.    

 

 

       Xonqa tuman SEO va JS bo‘limi mutaxassisi: Sh.O‘rinova.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.