Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xonqa tuman bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to‘g‘risida
MA’LUMOT
23.12.2024 yil
SEO va JS Xonqa tuman bo‘limiga 2024-yilning 4-chorak ( oktabr,noyabr dekabr oylari) mobaynida jami 4 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, Xonqa tuman Guliston mahallasi “Yangi bog” ko’chasi 24-uyda yashovchi Bog’ibekov Bozorboy og’zaki murojaatida Guliston mahallasidan kesib o’tuvchi zaxkashga Ikrom kassob tomonidan qora mol so’ygandan keyingi qoni va qoldiq maxsulotlarini tashlab ketayotganligi bo’yicha o’rganish o’tkazib berish bo’yicha murojat qilgan.
Xonqa tuman Katta Jirmiz mahallasi “Xamfikr” ko’chasi 68 uyda yashovchi fuqaro Abdullaeva Nasiba og’zaki murojaatida №-31 sonli MTT oshxonasida ovqatlar shovqinli moslamada tayorlanayotgani natijasida shovqin va yomon dud guruxlarga sezilayotgani sovuq kunlarda bolalar foydolanishi uchu ichki xojatxona yoqligi xozirda MTT xamshirasining to’yi bo’layotgani uchun kunlik ovqatlar sifati nazorat qilinmayotganligidan norozi bo’lib murojat qilgan.
Xonqa tuman Turkiston mahallasi “G’ofur Gulom” kochasi 18 uyda yashovchi Fayzullaeva Dilorom yozma murojaatida qo’shnisi Abdolov Xasanga qarashli molxonaning xididan,chivinidan,somon o’tidan va changdan tashqarida o’tira olmayotganligi,xattoki uy xonalarini shamollatish uchun derazalarni xam ochib bolmayotganligi bo’yicha murojaat qilgan.
Xonqa tumani Xalq qabulxonasi orqali yuborilgan Mustaqillik mahallasi “Istiqlol ” ko’chasi 43 -uyda yashovchi fuqaro Pirnazarova Mexribon icimlik suvida xar-xil zararli parazit chuvalchanglar borligi sababli o’rganish o’tkazib amaliy yordam berish bo’yicha murojat qilgan.
Bo’lim tomonidan 15.10.2024-yil kuni №6-kirim raqami bilan ro’yhatga olingan yozma, 21.11.2024 yil kuni №4 kirim raqami bilan ro’yxatga olingan xalq qabulxonasidan kelgan muroajaat, 26.11.2024 yil kuni №3 kirim va 05.12.2024 yil №4 kirim raqami bilan ro’yxatga olingan og’zaki muroajaatlar qonun va vakolat doirasida tuman SEO va JS bo‘limi mutaxassislari tomonidan o'z muddatida ijobiy xal etilib mualifga javob berilgan. Muddati o'tgan va ko‘rilmay qolgan murojaat mavjud emas.
Xonqa tumani SEO va JS bo‘limi
yetakchi mutaxassis: M.Mahmudova