Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyati / Hisobotlar » Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xonqa tuman bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to‘g‘risida MA’LUMOT

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xonqa tuman bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to‘g‘risida MA’LUMOT

30-03-2024, 11:20
50
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi 
Xonqa tuman bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to‘g‘risida
 MA’LUMOT

 
30.03.2024 yil
 
        SEO va JS Xonqa tuman bo‘limiga 2024-yilning 1-chorak  (yanvar, fevral va mart oylari) mobaynida  jami 2 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, 1ta murojaat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Xonqa tuman bo’limi orqali kelgan va 1ta yozma murojaat qabul qilingan.
       Xonqa tuman Xalq qabulxonasi orqali yuborilgan Turkiston mahallasi Turkiston ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro Qurbanov Ko’palboy tomonidan sanitariya va gigiena me'yorlari hamda qoidalariga  bilan bog'liq, Xalqlar do’stlik ko’chasida joylashgan Xonqa chorva kapital MCHJga qarashli do’kondan sotib olingan sariyog’ mahsuloti hidlangan va eskirganligi bo’yicha qilgan murojaati.
   Xonqa tuman Ehtirom MFY O’rikzor ko’chasi 44-uyda yashovchi fuqaro A.Qarriyev tomonidan qilgan yozma murojaatida yon qo’shnisi Z.Zaripov o’z uyida duradgorchilik bilan shug’ullanayotganligi buning natijasida shovqin va stanokdan chiqayotgan changdan etiroz bildirgan,nafas olishda qiyinchilik bo’layotganligi hamda shovqindan tinchligi buzilayotganligi bo’yicha qilgan murojaati.
      Ro’yxatga olingan vertual va yozma  murojaat  xisoblanib   qonun va vakolat doirasida tuman SEO va JS bo‘limi  mutaxassislari tomonidan o'z muddatida ijobiy xal etilib mualifga javob berilgan.    Muddati  o'tgan va ko‘rilmay qolgan murojaat mavjud emas.
        
 
Xonqa tumani SEO va JS bo‘limi
yetakchi mutaxassis:                                                         R.Rajabova
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.