Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » “Porloq” mahallasida profilaktik tadbirlar

“Porloq” mahallasida profilaktik tadbirlar

2-09-2026, 11:46
35
Xonqa tuman “Porloq” mahallasida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash hamda kasalliklarning oldini olish maqsadida “yangicha mahallabay” tizimi asosida, Xorazm viloyat SEOvaJSB Xonqa tuman bo‘limi tomonidan kompleks profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda kasalliklarni barvaqt aniqlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
10-yoshgacha bo‘lgan bolalar gijjalarni aniqlash maqsadida loborator usulida tekshirildi va epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan xonadonlarda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.
JAMOATChChILIK BILAN IShLASh BO‘LIMI.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.