Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » XAVFSIZ VA SOG‘LOM YuRT

XAVFSIZ VA SOG‘LOM YuRT

22-07-2026, 09:12
17
2026-yil 21-iyul kunI Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan  “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir yuzasidan Xorazm viloyat Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Xonqa tuman bo‘limida kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Yig‘ilishda Xonqa tuman IIB Prabatsiya guruxi inspektori mayor J.B.Atajonov qatnashdi va yig‘ilish qatnashchilariga bugungi kunda firibgarlar tomonidan amalga oshirilayotgan kiberjinoyatlar turlari va ulardan saqlanish yo‘llari to‘g‘risida batafsil tushuntirdi. Xodimlarga har xil APK fayllar, kodlarni so‘rash, nomalum odamlar tomonidan beriladigan shubxali savollarga javob bermaslik, SMSlarni ochmaslik va APK fayllarni yo‘qotish hamda bank plastik kartalarni bloklash yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
ЖАМОАТЧИЛИК БИЛАН ИШЛАШ БЎЛИМИ.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.