Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentimizning PF-106 sonli 10-11 sinf o'quvchilarini ishlab chiqarish

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentimizning PF-106 sonli 10-11 sinf o'quvchilarini ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va ta'lim muassasalariga ekskursiya uyushtirib, kasbiy ko'nikma hosil qilish to'g'risidagi farmoniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Sanitariya- Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Xorazm viloyati Xonqa tuman bo'limi o‘rtasidagi tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 10-D sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchilari Olloberganova Zebo, Bekchonova Muazzam rahbarligida SES ga tashrif buyurdilar. 🔍Tashrif chog'ida o'quvchilar laboratoriya va BOKS xonalaridagi doimiy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.
🧬 Bundan tashqari oziq ovqat mahsulotlaridagi mikrorganizmlarni aniqlash uchun ularni bo'yab keyin esa mikroskoplar yordamida aniqlashga erishildi.
Shu bilan bir qatorda har bir xonalardagi maxsus jihozlar mutaxassislar tomonidan tushuntirib o'tildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











