Ikki doza 100% himoya

Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Tibbiyot muassasalarida Qizamiq kasalligining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari kuchaytirildi. Qizamiq – yuqish darajasi yuqori bo‘lgan va og‘ir kechadigan virusli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, dunyoda chaqoloqlar o‘limining eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi.Kasallikning asosiy belgilari tana haroratining ko‘tarilishi, tananing barcha joyida toshma, shilliq qavatlarning yallig‘lanishidir.Kasallikning har uchtasidan birida asosoratlar kuzatiladi. Eng jiddiy asoratlari shapko‘rlik, ensefalit, kuchli deariya (ich ketish) shu bilan bog‘liq tanani suvsizlanishi, otitlar va zotiljamdir.Qizamiq kasalligini davo muolajalarini A vitaminini qo‘shib to‘g‘ri tashkil qilish kasallikni asoratlarini oldini oladi.Qizamiq kasalligini oldini olishni eng samarali usuli kasallikka qarshi emlashdir. Qizamiqqa qarshi vaksinaning ikki dozasi 100 foiz kasallikdan himoya qiladi.JAMOATChILIK BILAN IShLASh BO‘LIMI.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











