Rasmiy munosabat


Xonqa tumanida joylashgan davolash profilaktika muassasalari shu jumladan, Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Bolalar bo‘limi” Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi tomonidan, belgilangan tartibda, doimiy nazoratga olingan.
Haqiqatan ham, 7-aprel kuni kechki navbatchilikdagi kichik tibbiy xodim chiqindilarni o‘z vaqtida chiqindi yig‘ish konteyneriga olib bormasligi natijasida chiqindilar hojatxona oldi xonasida yig‘ilib qolgan. Bo‘limda bemorlar ovqatlanishlari uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan oshxona bo‘lishiga qaramasdan bemorlar palatalarda ovqatlanishi natijasida palatalar tartibsiz holga kelgan va suvarak paydo bo‘lgan, bo‘lim boshlig‘i tomonidan bular nazorat qilinmagan. Yuqoridagi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi boshlig‘ining 09.04.2025-yil №214-12-175-ses/2025-sonli buyrug‘i chiqarilib, “Bolalar bo‘limi”da, Xonqa tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari va bo‘lim mudiri ishtirokida, sanitariya tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi, hashoratlarga qarshi dezinseksiya ishlari o‘tkazildi, kamchiliklarni takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun “Bolalar bo‘limi” mudiri va boshqa mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy va intizomiy choralar ko‘rildi.
Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Reja asosida Xonqa tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar bo‘limida sanitariya tekshiruvi o‘tkazildi.14-02-2025, 14:07
Shifoxona ichi infeksiyalarining oldi olinadi.❗️ Sanepidqo‘mitaning Xonqa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Reja asosida Xonqa tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP sanitariya tekshiruvi o‘tkazildi.14-02-2025, 12:15
O‘zbekiston Respublikasi SEO va JSBning joriy yilning noyabr, dekabr oylarida “Havfsiz tibbiy muolaja” tadbirlarini o‘tkazish.6-11-2024, 14:48
Bolalar sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sadilar.20-01-2025, 14:49
Bolalar tarbiyasi jiddiy nazoratda8-02-2025, 10:24